ru
1. Atamalar va ta'riflar
Axborot tizimi - uy-joy kommunal xizxmat ko'rsatish vazirligi tomonidan aholiga qulay shart sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar; Shaxsiy kabenent - axborot tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslarning o'zlariga tegishli bo'lgan ma'lumotlarini ko'rish, tahlil qilish, kuzatib borish, to'lov xolti to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lish, xizmat ko'rsatuvchsi tashkilotlarga murojattalr yuborish, baholash, boshqa qo'shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati ega bo'lish; Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi; Elektron davlat xizmati - ariza beruvchilarning so'rovlariga ko'ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo'yicha ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko'rsatish funktsiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo'lsa, ular ham davlat xizmatini ko'rsatishlari mumkin; Foydalanuvchi – axborot tizimiga ehtiyoji bo'lgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega bo'lgan, ushbu kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu kelishuvni tuzgan yuridk va/yoki jismoniy shaxs; Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti bo'yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR)ga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs; Yuridik shaxs – O'zbekiston Respubikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR)ga ega bo'lgan tashkilot; Eri – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo'lgan elektron raqamli imzo.2. Kelishuv predmeti
2.1. Vazirlik axborot tizimi egasi hisoblangan holda shaxsiy kabenentdan foydalanishag ruxsat bilan foydalana olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga axborot tizimidan ro'yxatdan o'tish imkoniyatini taqdim etadi.
2.2. Axborot tizimi tomonidan shaxsiy kabenentdan foydalana olish uchun foydalanuvchilarni haqiqiy identifikasiya, autentifikasiya va avtorizasiya qilish ta'minlanadi.
3. Kelishuvni tuzish tartibi
3.1. Jismoniy shaxs identifikasiya tizimida ro'yxatdan o'tib, ushbu kelishuv shartlarini so'zsiz va to'liq qabul qiladi hamda axborot tizimining foydalanuvchilarini identfikasiyalash, autentifikasiyalash va avtorizasiyalashni ta'minlash uchun o'zining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash va saqlashga rozilik beradi.
3.2. Shaxsiy kabenent tizimida ro'yxatdan o'tguncha foydalanuvchi ushbu kelishuvning barcha shartlari bilan tanishishga majbur. Shaxsiy kabenentdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi ushbu kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan va ularga rozi hisoblanadi, bunda kelishuv ushbu ommaviy oferta shartlari asosida yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi va ikki tomon tarafidan imzolangan kelishuv hisoblanadi. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabenent ro'yxatdan o'tgan vaqti ushbu kelishuv tuzilgan payt hisoblanadi.
4. Shaxsiy kabenent foydalanuvchilari axborot tizimida ro'yxatdan o'tish shartlari
4.1. Axborot tizimida ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchi – jismoniy shaxs quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatishi kerak: biometrik pasport ma'lumotlari (JSHSHIR (keyingi o'rinlarda – shaxsiy ma'lumotlar); Login yoki parol yo'qolganda, hisobga olish yozuvini birlamchi aktivasiya qilish kodini olish va hisobga olish yozuvini (Uchetnaya zapis) tiklash uchun mobil telefonning haqiqiy raqami; Login yoki parol yo'qolganda hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzili; elektron raqamli imzo kalitlari (keyingi o'rinlarda – eri)ning sertifikati bo'lganda eridan foydalanib ro'yxatdan o'tish vaqtida o'zining hisobga olish yozuvini tasdiqlash huquqiga ega. Eri kalitlarining sertifikati bo'lmaganda eridan foydalanib hisobga olish yozuvini axborot tizimida keyingi avtorizasiya paytida tasdiqlash mumkin. Login yoki parol yo'qolgan holda foydalanuvchi hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzilini ko'rsatishi mumkin;
4.2. Eri kalitining sertifikati identifikasiya tizimida ro'yxatdan o'tish paytiga amalda bo'lishi kerak.
4.3. Axborot tizimida ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchi – yuridik shaxs 4.1-bandga muvofiq avval jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini ro'yxatdan o'tkazishi kerak. Jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini Yaratgandan keyin jismoniy shaxs kabinetida quyidagilar orqali yuridik shaxsni qo'shish kerak: Yuridik shaxs eri kalitining sertifikatini; Yuridik shaxsning STIRni.
4.4. Yuridik shaxsni to'ldiriladigan va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga topshiriladigan 8-son hisobot shaklida ko'rsatilgan shaxslar ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
4.5. Mobil telefonning logini, paroli va raqamini bir vaqtning o'zida aks ettirish imkoni bo'lmagan holda hisobga olish yozuvini erini qo'llash yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali tiklash mumkin.
5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: idoralararo elektron o'zaro hamkorlikda davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ruxsat bilan foydalana olish uchun shaxsiy kabenentda o'z hisobga olish yozuvidan foydalanish. O'z shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan O'zbekiston Respublikasining "shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni 30-moddasining birinchi qismiga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish. Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu kelishuvni bekor qilish va o'zining hisobga olish yozuvini o'chirib tashlash yo'li orqali axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishdan voz kechish.
5.2. Axborot tizimidan foydalanuvchi quyidagilarga majbur: Axborot tizimi yoki shaxsiy kabenetga ulangan axborot tizimlarining ishlash jarayonini buzishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik; Ro'yxatga olish va autentifikasiyalashda ishonchli bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish, shuningdek ularning aktual holatini ta'minlash, o'zini boshqa shaxs yoki qandaydir tashkilot vakili qilib ko'rsatmaslik, o'zining eridan foydalanish; Vazirlik tomonidan kelishuv shartlariga kiritilgan o'zgartirishlarga rozi bo'lmaganda axborot tizimidan foydalanishdan voz kechish va shaxsiy kabenet tizimiga ulangan axborot tizimlari, resurslari va servislaridan foydalanishni to'xtatish; o'zining hisobga olish yozuvlarining saqlanishini ta'minlash uchun kerakli choralarni ko'rish; konfidentsiallik yoki hisobga olish yozuvidan o'zining foydalana olish vositalari (mobil telefon raqami, Login va parol)ning saqlanishi buzilgan holda zudlik bilan Login va/yoki parolni o'zgartirish yoki vazirlikni xabardor qilish.
6. Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi huquqlari va majburiyatlari
6.1. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega: Axborot tizimida Foydalanuvchining xatti-harakatlarining monitoringini o'tkazish; Foydalanuvchi tomonidan ushbu kelishuv talablari buzilgan holda, Foydalanuvchining axborot tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalana olishini, shu jumladan axborot tizimidagi Foydalanuvchining hisobga olish yozuvini bloklash orqali cheklash; Dastlab foydalanuvchini xabardor qilmasdan axborot tizimidan foydalanishning ushbu shartlarini o'zgartirish. O'zgartirilgan shartlar axborot tizimining bosh sahifasiga joylashtirilishi kerak. Foydalanuvchiga axborot xabarlarini yuborish.
6.2. Vazirlik quyidagi majburiyatlarga ega: Axborot tizimi ishlashini (axborot tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalanishda axborot tizimi foydalanuvchilarini, avtoriasiyalash va autentifikasiyalashni) ta'minlash; Axborot tizimida foydalanuvchilar ma'lumotlarining butunligi va o'zgarmasligini kafolatlash; foydalanuvchilarning axborot tizimiga murojaatlari hisobi va statistikasini yuritish; qonun hujjatlari talablari va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlariga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoyalashni ta'minlash;
7. Kelishuvning amal qilish muddati
7.1. Ushbu kelishuv Foydalanuvchining axborot tizimida ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar tarafidan to'liq bajarilgunchaga amal qiladi.
8. Javobgarlik
8.1. Vazirlik uning aybi bilan yuzaga kelmagan shaxsiy ma'lumotlarning yo'qolganligi uchun foydalanuvchi oldida javobgar bo'lmaydi.
8.2. Vazirlik axborot tizimi faoliyatidagi nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo'qolishi uchun javobgar bo'lmaydi, agar ko'rsatilgan nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo'qolishi quyidagilar oqibatida sodir bo'lgan bo'lsa: uchinchi shaxslarning axborot tizimi dasturiy ta'minotidan ruxsatsiz foydalanishiga va/yoki ko'rsatilgan dasturiy ta'minotning ishdan chiqishiga qaratilgan xatti-harakatlari, ulangan veb-servislarning ishlamay qolishi.
8.3. Axborot tizimidan foydalanish yoki foydalanish imkoniyati bo'lmaganligi sababli sodir bo'lgan har qanday bevosita va bilvosita zararlar uchun javobgar bo'lmaydi.
8.4. Vazirlik quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo'lmaydi: Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (qasddan yoki ehtiyotsizlik sababli) parol va shaxsiy ma'lumotlarning taqdim etilishi; parolni tanlash va/yoki kodni ochish imkonini beradigan dasturiy vositalardan foydalanish oqibatida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi; parol va hisobga olish ma'lumotlarini tanlash (podbor) yo'li bilan foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi.
8.5. Foydalanuvchi fuqarolik, jinoyat qonun hujjatlari, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning ishonchliligi, shu jumladan ularning o'z vaqtida yangilanishi va tuzatilishiga to'liq javobgar bo'ladi.
8.6. Foydalanuvchi ushbu kelishuv bo'yicha o'zining vazifalariga rioya etmaganligi sababli Vazirlikga etkazilgan zarar uchun javobgar bo'ladi.